35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Ishimov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman Kambag‘allikka ko‘maklashish va bandlik bo‘limi boshlig‘i M.Fozilovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda oilaviy biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amaliyotga tatbiq etilishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 6