#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏛 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati S.Abdulaxatova tomonidan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📚 Uchrashuvda o‘quvchilarning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlovi, oliy ta’limga tayyorgarligi hamda o‘z qiziqish va qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
💬 Samimiy suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kelajakdagi rejalari va orzu-maqsadlari haqida fikr bildirdilar.
🎓 Shuningdek, bilim olishga intilish, zamonaviy kasblarni egallash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
🌱 Yosh avlodning aniq maqsad bilan ulg‘ayishi — kelajak sari dadil qadamdir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube