35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.Xakimova tomonidan mahalla raislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O'RQ-350-sonli Qonuni talablari va uning ijrosi yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Targ‘ibot davomida mazkur Qonunning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi o‘rni, fuqarolar yig‘ini va mahalla organlarining huquqiy maqomi, vakolatlari hamda vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla organlarining davlat tashkilotlari bilan hamkorligi, fuqarolar yig‘ini faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, demokratizm va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mahalla raislarining o‘z vakolatlarini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirishi, hududdagi mahalliy ahamiyatga ega masalalarni hal etishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5