35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

AHOLI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 25-avgustdagi III-24-66-14-206-K/26-son qarori bilan tumanda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2026-yil II-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari qabul qilindi.

📝Qarorda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mahallalarda profilaktika va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, xavfli obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash, aholini o‘qitish hamda favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✔️Shuningdek, yil yakuniga qadar yong‘inlar sonini kamaytirish, aholi va xonadonlarda xavfsizlik madaniyatini oshirish hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish ko‘zda tutilgan.

👍Xavfsiz Yunusobod — barchamiz uchun muhim!