35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi“Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-sonli Farmoni qabul qilingan. Mazkur Farmonning 4-bandi b-xatboshisida xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan har chorakda tuman (shahar) hokimlarining o‘z hududlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlar haqidagi hisobotlari eshitilishi belgilangan. Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Sardoba tumani hududida 2026-yilning 7 oy mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi.  Jumladan: Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida qilinayotgan ijobiy ishlar albatta yurtimiz tinchligi va fuqarolarimizning havfsiz turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan. Tumanimizda ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yonish-portlash havfi mavjud bo‘lgan jami 8 ta obyektlar, ijtimoiy soha obyektlaridan 80 ta, 2 ta odamlar tunda qoladigan maskanlar, 7 ta qurilish obyektlari, shuningdek 1 ta aholi gavjum yig‘iladigan maskanlarning yong‘in xavfsizligi holati tekshirilib, ularda aniqlangan 2289 ta qo‘pol kamchiliklarning 1912 tasi bartaraf etilishiga erishildi. Aholi va turli tegishli soha vakillari bilan jami 279 marotaba davra suhbatlari o‘tkazildi. Tumandagi Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi xizmatlar bilan birgalikda jami 24 ta maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ularda 936 nafar ishchi xodimlar va fuqarolarni qamrab olinishiga erishildi. 4 ta mahalla(Navruz MFY, Xalqabod MFY, Ota yurt MFY, Bo‘ston MFY) “Mahalla muhofazasi xizmat xona”lari tashkil etilib, ularga 4 nafar Favqulodda vaziyatlar organlarining Davlat nazorat inspektorlari xizmat olib borishi yo‘lga qo‘yildi. Biroq, qilinayotgan ijobiy ishlarimizga qaramasdan, bugungi kunda tumanimizda bu borada bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Joriy yilning shu davriga qadar tumanimizda jami 6 ta turli darajadagi yong‘inlar sodir bo‘lib, bularning 2 tasi aholi yashash uylarida, 2 tasi dala maydonlarida, 2 tasi avtotransportda kuzatilib, natijada fuqarolarga 34 mln 900 ming so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgan. Yong‘inlarning kelib chiqish sabablariga kelsak: jami 2 ta holatda elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi, 2 ta holatda esa olovdan ehtiyosizlik, 2 ta holatda boshqa sabablarga ko‘ra yong‘inlar kuzatilgan. Mahalla uyushmasi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tegishli xulosa qilishi kerak! Amaliy ishlar olib borilganiga qaramay 1 ta “Paxtaobod Dexqon bozori”da vaziyat yomonligi saqlanib turibdi, ya’ni yong‘in havfsizligi holati qoniqarsiz ahvolda, tuman xududidagi 14 ta umumiy ovqatlanish joyida guruhli ravishda fuqarolar uchun xavfli sharoitlarda maishiy gaz ballonidan foydalanilmoqda. Shuningdek tuman xududidagi ko‘p qavatli uylarda markaziy isitish tizimi mavjud emasligi sababli fuqarolar tomonidan xonadonlarda qo‘lbola isitish tizimlaridan foydalanib kelinmoqda. Shu o‘rinda tuman gaz bo‘limi buni qattiq nazoratga olishi va inson hayoti uchun havfli bo‘lgan har qanday holatga murosasiz munosabatda bo‘lishi lozimligini yana bir bor eslatmoqchiman, har qanday holat uchun qat’iy javobgarlik borligini unutmang.

Slide 1 of 1