35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Suv ta’minoti masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan “Suvokava” korxonasi rahbari bilan muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida shahar hududida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish, shuningdek, suv ta’minoti xizmatlari sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda suv ta’minoti tizimida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot yakunida aholiga sifatli va uzluksiz suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1