Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi 16-Arab saylov okrugi deputati Azimova Umida Muminova tomonidan Farovon MFY Charxibuvo ko‘chasidagi elektr ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida ko‘chada 2 ta transformator mavjudligi va elektr kuchlanishi yaxshi holatda ekani aniqlandi. Shu bilan birga, simyog‘ochlar hamda elektr kabellari eskirgani ma’lum bo‘ldi. Ko‘chaga 30 dona yangi tayanch ustun zarurligi belgilandi. Mazkur masala deputat daftariga qayd etildi.