“Ma’rifat” ko‘chasida oqar suv tarmog‘i yangilanmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan “Mustaqillik” mahallasi “Ma’rifat” ko‘chasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishini ta’minlash maqsadida oqar suv tarmog‘ini yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mavjud suv tarmog‘ining holati, uni yangilash jarayoni hamda oqar suvni xonadonlar tomorqalarigacha yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur ishlar aholi tomorqalarini o‘z vaqtida sug‘orish va yer maydonlaridan unumli foydalanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish yakunida oqar suv tarmog‘ini yangilash ishlarini sifatli amalga oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini sug‘orish suvi bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.