Ushbu muhim loyiha deputat tashabbusi sifatida "Tashabbusli budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi g‘olib loyihalari qatoriga kiritildi.
Loyiha doirasida zamonaviy sun’iy qoplamali gazon yotqiziladi.
Sportchilar va jamoalar uchun qulay, barcha sharoitlarga ega kiyinish xonalari to‘liq ta’mirlanadi.
Musobaqalarni munosib tarzda o‘tkazish uchun hakamlar xonasi zamonaviy ko‘rinishga keltiriladi.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi tumanimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ladi.