D.Yuldashev o‘z faoliyati davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqda:
Yoshlarni qiynayotgan masalalar va muammolarni bevosita o‘rganib, ularni ijobiy hal etishga qaratilgan takliflarni shakllantirmoqda.
Yoshlar masalalariga oid qabul qilingan dasturlar va chora-tadbirlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib bormoqda.
Yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini keng namoyon etishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda.
Yoshlarning ovozini eshitish, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va hudud rivojiga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni ilgari surish — Yoshlar maslahat guruhining bosh maqsadidir.