#doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi, shuningdek, tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan axborotlari tinglandi.
Shuningdek, tuman hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi vazifasini bajaruvchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qiziriq tumani markaziy ko‘chalarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan axborot berildi.
Bundan tashqari, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining tuman Adliya bo‘limining 2026-yil yarim yilligida tumanda norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli savollar berildi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram