35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 YO‘L MADANIYATI — XAVFSIZ HAYOT KAFOLATI!

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati S. Allayorov “Yo‘l madaniyati — xavfsiz hayot kafolati” nomli tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Tadbir davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyatini oshirish hamda yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1