35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

⚡️ “Taroqli” mahallasida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedovaga qarashli saylov okrugidagi “Taroqli” mahallasida olib borilayotgan elektr tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada mavjud elektr ustunlarini yangi beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Mazkur ishlar hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, eskirgan infratuzilmani yangilash hamda aholiga yanada sifatli va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4