35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda 

🛣️ Mahallada amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov, 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan Mehnatobod mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔎 Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mahalla ichki yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida bajarilgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda qurilish ishlarining borishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6