35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Mahallalar jamg‘armasi mablag‘larining ijrosi joyida tahlil qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi X.Sultonov tomonidan, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Tuproqqal’a tuman bo‘limi boshlig‘i U.O‘razbayevning Mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil I yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi munosabati bilan joyiga chiqib o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi, mahallalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi hamda hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarning amaldagi holati tahlil qilinib, sessiyada ko‘rib chiqish uchun tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.