35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov tomonidan “Majnuntol” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Muloqot jarayonida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarning murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

✅ Deputatlar tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni davom ettirish ta’kidlandi.

Slide 1 of 4