Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

HAFTALIK DAYJEST:

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:

🌸 XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

🏡 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N. Himmatova hamda Sherobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova hamkorligida "Nurtepa" mahallasida xotin-qizlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

🏥 83-SON OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI O‘RGANILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov "Dehqonariq" mahallasida joylashgan 83-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov "Dehqonariq" mahallasi "yettiligi" bilan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📌 Navbatdagi 24-sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulov hamda 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov ishtirokida "Dehqonariq" mahallasi hududida joylashgan 31-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.

📌 QISHLOQBOZOR MAHALLASIDAGI TIBBIY MUASSASA FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov tomonidan “Qishloqbozor” mahallasi hududida joylashgan 87-Chuqurko‘l oilaviy poliklinikasiga qarashli Qishloqbozor filiali faoliyati o‘rganildi.

🤝 HAMKORLIK VA OCHIQ MULOQOT

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri
O. Tursunov hamda Kengash huzuridagi "Madad" muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov tuman hokimining o‘rinbosari E. Musayev va Davlat kadastr palatasi Sherobod tumani bo‘limi boshlig‘i Z. Qodirov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 Ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

🏛 Sherobod tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-21-40-8-119-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📌 Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Sherobod tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi
24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, kotibiyat xodimlari, shuningdek, tumandagi bir qator korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

🏡🌳 Sherobod tumanida obodlik va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

🤝 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari ham o‘z saylov okruglarida obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Slide 1 of 1