Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot-Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Do‘stlik” mahallasi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣️ Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar, hududdagi mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar tinglandi.

📌 Murojaatlar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish, muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5