Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlar faoliyatida “Deputat daftari”ning yuritilishi ko‘rib chiqildi

Deputatlar faoliyatida “Deputat daftari”ning yuritilishi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi Sh.Ergasheva hamda 18-“Oqostona” saylov okrugi deputati A.Kamolov bilan suhbat oʻtkazildi.

Suhbat davomida deputatning “Deputat daftari”ni yuritishi hamda o‘z hududida olib borayotgan ishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda hududda faoliyat olib borishda “Deputat daftari” amaliyotidan samarali foydalanish, har bir ko‘cha kesimida mavjud muammolarni tizimli qayd etish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni foto va boshqa dalillar bilan tasdiqlab borish yuzasidan tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu tizim deputatning o‘z hududida olib borayotgan ishlari samaradorligini oshirish bilan birga, jarayonlarni ochiq va shaffof tarzda monitoring qilib borish imkonini beradi.