Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash raislari, kotibiyat mudirlari va xodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi

Yig'ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Ushbu yig'ilishda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengash kotibiyati mudiri va bosh mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Yig'ilish kun tartibida asosiy masala Kengashlar tomonidan hafta davomida amalga oshirilayotgan Ish rejadagi vazifalar, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo'nalishi (https://t.me/c/1181391810/5378) bo'yicha tavsiyalardan kelib chiqib, barcha deputatlar o'zlari saylangan saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazish, 162 ta eng muhim qonunlar ijrosini o'rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kengaytirish orqali muammolarni o'rganish, chiqarilayotgan qarorlarning huquqiy asoslari to'g'riligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Kengash kotibiyati bosh yuriskonsulti hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari yo'l quyilayotgan kamchiliklar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengash kotibiyatlari xodimlari amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taklif, fikr-mulohazalarini bildirdi.

Slide 1 of 5