Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 11-Chuqurko‘l saylov okrugi deputati T. Shodiyev hududiga qarashli "Gulchinor" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

🔹 aholi bandligini ta’minlash;

🔹 tomorqa yerlaridan samarali foydalanish;

🔹 mahallani obodonlashtirish;

🔹 aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5