🏛 Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarga yechim topilishiga ko‘maklashish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.
📌 Deputatlar saylovchilar bilan doimiy muloqot o‘rnatib, ularning taklif va muammolarini o‘rganadi, dolzarb masalalarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yadi hamda ijrosini nazorat qiladi.
📈 Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali tuman taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.
🤝 Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, xalq dardi bilan yashash va Sherobod tumanining yanada ravnaq topishiga xizmat qilish — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifasidir.
⭐️ Xalq ishonchi — deputat faoliyatining eng muhim mezoni!