📌 Fuqaro murojaati amaliy yechim topdi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarov tomonidan “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.
🤝 Murojaatda ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi. Xususan, 🏢 Davlat xizmatlari markazida fuqaro bilan uchrashilib, murojaatda bayon etilgan muammoni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
📋 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Har bir murojaat e’tiborda, har bir masala nazoratda.