Янгиликлар

Huquqiy ma'lumot

Deputatning asosiy huquq va majburiyatlari

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, mahalliy Kengash deputatlarining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilab beradi.

⏺️ Deputat xalq manfaatlarini ifoda etuvchi vakil hisoblanadi hamda Kengash sessiyalarida barcha masalalar bo‘yicha muhokamalarda qatnashish va ovoz berish huquqiga ega.

⏺️ Deputat hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarni Kengash muhokamasiga kiritishi, davlat organlari va mansabdor shaxslarga deputatlik so‘rovi yuborishi mumkin.

⏺️ Deputat saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishi hamda ularning muammo va takliflarini tegishli tashkilotlarga yetkazishi shart.

⏺️ Deputat o‘z faoliyatida qonuniylik, xolislik va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, saylovchilar oldidagi mas’uliyatini chuqur his qilishi lozim.

⏺️ Qonunga muvofiq deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati davlat tomonidan himoya qilinadi.

📌 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishdan iborat.

Slide 1 of 1