📌 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova ishtirokida G‘o‘rin-Gilambob mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
📋 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.
🏗 Nazorat tadbiri davomida 31-sonli umumta’lim maktabi uchun 540 o‘rinli zamonaviy yangi bino qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. Qurilish jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi yuzasidan tahlillar olib borildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, loyihaning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.