Янгиликлар

#Deputat_nazоrati

✅Xalq deputatlari Zangiota tuman Kengashining 24-okrug deputati Nizomiddin Muhitddinov tomonidan "Saxovat" mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodimlar faoliyati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. 

✅Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning aholiga o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi yuzasidan amaliy tahlillar olib borildi.

✅ Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar bildirildi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3