#jarayon
🛣 #Mahalla ichki yo‘llari holati deputat nazoratida
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman Kengashi deputati Sh.Radjapov va kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar ishtirokida "Yoriq" mahallalardagi ichki ko‘cha yo‘llarining bugungi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
🔹Ta’mirga muhtoj va tuproq yo‘llarning holati;
🔹Yo‘llarni asfaltlash yoki shag‘allashtirish bo‘yicha aholidan tushgan murojaatlar ijrosi;
🔹Yomg‘ir va qorli kunlarda aholi harakatlanishi uchun yuzaga keladigan qiyinchiliklar.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube