Янгиликлар

📚 Yoshlar qalbida kitobga muhabbat — kelajak poydevori!

Ayni kunlarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichi o`tkazilmoqda.

Bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari ham tumanimizdagi Ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tayotgan “Yosh kitobxon” respublika tanlovida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Yoshlarning bilimga chanqoqligi, kitobga bo‘lgan mehri va teran fikrlashi barchada katta taassurot qoldirdi. Deputatlar tomonidan yosh kitobxonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning intilishlariga motivatsiya berish maqsadida samimiy suhbatlar olib borildi.

📖 Kitob — tafakkur chirog‘i,
✨ Yosh kitobxonlar esa — Yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagi!

Slide 1 of 5