Aholi murojaati ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 1-Malikobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G‘.Safarov tomonidan Bo‘ston mahallasi aholisining murojaati o‘rganildi.
Murojaatda hududdagi gaz quvurlari yo‘nalishini o‘zgartirish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada aholi murojaati ijobiy hal etilib, gaz quvurlari yo‘nalishi belgilangan tartibda o‘zgartirildi.
Mazkur ishlar fuqarolar uchun qulaylik yaratish, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda hududdagi infratuzilmani yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.