Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛️ DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan “Kattabog‘” mahallasi hududida joylashgan 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.

🔍 Nazorat davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan muhit, moddiy-texnik baza holati hamda muassasa faoliyatining samaradorligi o‘rganildi.

💬 Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Deputatlik nazorati fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4