🏛 DEPUTAT XALQ ORASIDA
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov “Oqtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan individual suhbat uchrashuvi o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, mavjud muammolar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid takliflar tinglandi.
📝 Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan vazifalar belgilandi.
✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.