Янгиликлар

Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida

 Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. Bobojonova tomonidan Hayrobod mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida mahalla aholisining murojaatlari, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
✅ Inson manfaatlari, xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifasidir.                     

Slide 1 of 1