Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi kotibiyati mudiri Mastura Salimova M.Ulug‘bek mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarni obod va fayzli saqlash, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.