Deputat faoliyatidan
🏛 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Ibragimova Nilufar tashabbusi bilan Davud mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar- ning oldini olish maqsadida homiylar mablag‘lari hisobidan videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Jumladan, mahalladagi Sharq Gavhari hamda Shifokorlar ko‘chalariga bittadan, jami 2 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi.
Mazkur kameralar hududda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu kabi amaliy tashabbuslar mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga munosib hissa qo‘shmoqda.