Янгиликлар

Pillaxonalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasida tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Mullajonov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilishi belgilangan.

Sessiyada tumanda joylashgan 8 ta pillaxonani ta’mirlash uchun 314 million 740 ming so‘m mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1