Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌸🏛 Ayollar muammolari va takliflari deputat e’tiborida

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

 💬 Suhbat davomida mahalladagi ayollarni qiynayotgan ijtimoiy muammolar, bandlik, oilaviy masalalar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

 🤝 Muloqot jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolariga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 🌿 Mahallalarda bu kabi uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5