Янгиликлар

Samarqand mahallasidagi ko‘p qavatli uylardagi muammolar o'rganildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari K.Mamanova hamda A.Isakulovlar Samarqand mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi mavjud muammolarni o‘rgandi. O‘rganish davomida uy-joylarning texnik holati, kommunal xizmatlar sifati, tozalik va obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berilib, mazkur masala deputatlar nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3