Янгиликлар

Chinoz tumani.Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, O‘zMTDP partiyasidan 21–Sharof Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat Ra’no Fozilova Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Sarbozor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝Mazkur o‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ishlar natijadorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2