Янгиликлар

Fuqarolar murojaati e’tiborsiz qolmadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovichga “Yangi makon” OFY fuqarolari tomonidan murojaat kelib tushdi.

🚛 Murojaatda aholi yashash uylari oldidan og‘ir yuk avtotransport vositalarining harakatlanishi oqibatida chang-to‘zon yuzaga kelayotgani, shuningdek mazkur transport vositalari harakatlanishi uchun aholi yashash hududidan tashqari boshqa yo‘llar ham mavjudligi bildirildi.

📍Mazkur holat deputat, Yo‘l-patrul xizmati inspektori hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi Ekopolitsiyasining Taxiatosh tumani bo‘limi xodimlari ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ Natijada fuqarolar murojaati joyida hal qilinib, og‘ir yuk avtotransport vositalarining boshqa yo‘nalish orqali harakatlanishi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1