Янгиликлар

Hududdagi elektr xavfsizligi masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat G.Xudoyarova tomonidan hududdagi ijtimoiy infratuzilma holatini o‘rganish maqsadida Tinchlik mahallasi Sayhun ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda joylashgan transformator punktida himoya to‘siqlari (ograjdeniya) mavjud emasligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish orqali muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3