Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” OʻRQ-938-XII -son Qonuni hamda 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” OʻRQ-327-son Qonuni mazmun-mohiyati yoritilib, ularning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova, kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov hamda “MADAD” NNT tuman vakili X.Qodirovlar Toshxovuz mahalla fuqarolar yig‘inida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, kichik biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati G.Oʻktamova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Fozilovlar tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faolining ish samaradorligi oʻrganildi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati R.Nodirov tomonidan oʻzi saylangan hudud - Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Xakimovning murojaati asosida oʻrganish ishlari joyiga chiqqan holda, batafsil va atroflicha olib borildi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “ Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha ” doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda komissiya aʼzolari bilan birgalikda Kengash huzuridagi ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari B.Abduraximov, M.Sayfidinov, M.Raximov, M.Axmadaliyeva, Kengash kotibiyati mudiri R.Nodirov hamda bosh mutaxassis M.Toʻxtasinovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-132-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman markazida joylashgan Alisher Navoiy nomli koʻngilochar istirohat bogʻini zamonaviy shaharsozlik va arxitektura talablari asosida qayta barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi oʻrganish ishlari tashkil etildi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva kotibiyat bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov bilan birgalikda Toshkent mahalla fuqarolar yigʻinida profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarini oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holati hamda “Fargʻona tozalik sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali tomonida mahalla hududidan chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi masalalari oʻrganildi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri R.Nodirov hamda “MADAD” NNT Quva tumani boʻyicha vakili X.Qodirovlar tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.