QONUN USTUVORLIGI - FAOLIYAT SAMARADORLIGINING ASOSI
Xalq deputatlari Quva tuman tuman Kengashi deputatlari, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar. ishtirokida qonun
talablarini chuqur oʻrganishga qaratilgan navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida deputatlarning huquqiy bilimini yanada mustahkamlash, amaldagi qonun hujjatlarini toʻgʻri va samarali qoʻllash, shuningdek, ularning deputatlik faoliyatida masʼuliyat va samaradorlikni oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” OʻRQ-938-XII -son Qonuni hamda 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” OʻRQ-327-son Qonuni mazmun-mohiyati yoritilib, ularning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga qonun hujjatlarini joylarda samarali tatbiq etish, aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va targʻibot
ishlarini olib borish, sohalarda uchrayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish yuzasidan tavsiyalar berildi.