Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov hamda ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda tumandagi “Guliston” MFY hududida joylashgan 20-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida oʻrganish olib bordi.
🔍Oʻrganish jarayonida muassasa bino va inshootlarining texnik holati, yongʻin va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, bolalarning sifatli taʼlim olishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi, amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil koʻzdan kechirildi.
❓Xususan, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi, sanitariya-gigiyena holati hamda bolalarning ovqatlanish sifati oʻrganilib, muassasada yaratilgan qulayliklarga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, tarbiyachilar tomonidan bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishildi.