Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI

Oʼrganish davomida mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini kambagʼallikdan chiqarish va yangi ish oʼrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Bugungi kunda tumanni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yoʼnalishi belgilab olingan:
▪️ sanoat
▪️ qishloq xoʼjaligi
▪️ turizm
▪️ sohil boʼyi loyihalari
▪️ yoʼl boʼyida savdo va xizmat koʼrsatishni rivojlantirish

📣Mazkur yoʼnalishlarda qiymati 452,5 mlrd soʼmlik 155 ta loyiha amalga oshirilib, qariyb 3 mingta yangi ish oʼrni yaratilishi rejalashtirilgan.
👥 Bandlikni taʼminlash borasida joriy yilda 27 ming nafardan ortiq aholiga bandlik xizmatlari koʼrsatish rejalashtirilgan.
Shundan:
✔️ 3111 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlanadi
✔️ 4138 nafar fuqaroning norasmiy bandligi legallashtiriladi
✔️ 19 819 nafar aholining daromadi oshiriladi

📆2026-yilda:
✔️ 973 ta oilaning 3900 nafar aʼzosini kambagʼallikdan chiqarish
✔️ kambagʼallik darajasini 3,6 foizga tushirish
✔️ tumanni kambagʼallikdan xoli hududga aylantirish rejalashtirilgan.

📌 Amalga oshirilayotgan ushbu keng koʼlamli ishlar orqali Vobkent tumanida aholi bandligini taʼminlash, daromadlarni oshirish hamda kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha muhim natijalarga erishish maqsad qilingan.

Slide 1 of 5