Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Loyihalar ijrosi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Toʻlqin Joʻrayev tomonidan tumandagi “Kulolchi” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.

🔍Oʻrganish davomida qaror asosida “Kulolchi” MFY hududidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Doʻstlik” mahallasida barpo etilayotgan uy-joy massivi aholisi uchun qoʻshimcha 660 oʻrinli bino qurilishi rejalashtirilgan.

🛠️Ayni paytda qurilish ishlari boshlangan. Mazkur obyektni qurish uchun 10 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilangan.

✔️Deputat Toʻlqin Joʻrayev tomonidan qurilish jarayonlari hamda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi nazoratga olinib, masʼullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

💬 Mazkur loyiha hududdagi taʼlim infratuzilmasini yanada yaxshilash, oʻquvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
 

Slide 1 of 8