DEPUTAT TOMONIDAN TASHKIL ETILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati S.Bo‘rieva
Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash, bandlik, kommunal xizmatlariga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat diqqat bilan
tinglanib, fuqarolarning muammolari va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Deputat
tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar
berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ul
tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.