Andijon MFYdagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Andijon MFY raisi hamda mahalla faollari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida Andijon MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, uylarning tashqi va ichki qismidagi ta’mirlash ishlari, obodonlashtirish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.