Andijon mahallasidagi qabriston hududida mavjud muammo o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, viloyat quyi irrigatsiya havza boshqarmasi qoshidagi Sirdaryo meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i S.Nematov, tuman melioratsiya bo‘limi boshlig‘i, Andijon MFY raisi hamda mahalla faollari ishtirokida Andijon MFY hududida joylashgan qabristonda to‘plangan zah suvlarini bartaraf etish masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mavjud muammoni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, zah suvlarini qochirish bo‘yicha avgust oyiga qadar aniq dastur ishlab chiqilishi va mazkur muammoning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirilishi qayd etildi.