Deputat so‘rovi amalda: Muammolar o‘z yechimini topmoqda
Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Shoira Komilova tomonidan mahalliy aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputatlik so‘rovi qisqa fursatda o‘z natijasini berdi. Ayni vaqtda tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullar tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Soha mutasaddilarining ma’lum qilishicha, 19-sonli DMTT ni xududidagi TP ni ishga tushurish ishlari tez kunlarda to‘liq yakunlanishi bildirildi.
Xalq vakillarining qat’iy nazorati va soha xodimlarining tezkor choralari natijasida hududdagi infratuzilma yaxshilanishi davom etmoqda.