Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Ro‘zmetov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi “Yangi O‘zbekiston” mahallasiga tashrifi davomida mahallada xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
👩💼 Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar faollari faoliyati, ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki hamda tashabbuslari ko‘rib chiqildi.
🤝 Bundan tashqari, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini aniqlash, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va manzilli ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
📊 Tashrif davomida xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.